20 mart kuni tadbirkor-innovator Ilon Mask tvitterdagi sahifasida «bolalar uçun koronavirus xavfli emas» deb yozganidan söng, uning bu gapi köplab bahs-munozaralarga sabab böldi. Bu bahsga közga köringan şifokorlar ham qöşildi va ularning bildirişiça Ilon Mask qisman haq, bolalar koronavirusdan himoyalanmagan, xavfli virus ularga ham yuqadi, ular virusni kattalarga nisbatan oson yengadi. Ya'ni, bolalarda bu kasallik odatda ölimgaça olib bormaydi va uning asorati ham qolmaydi. Xullas, yoş organizm virusni osonroq yengadi.

Biroq bolalarda koronavirus asoratlari oğirroq keçişi haqida ham bir neça xavotirli taxminlar yöq emas.

Deyarli butun dunyoda virus xavf solişi bilan avvalo boğça va maktablarning yopilişi, şuningdek, jamiyatda ijtimoiy masofani saqlaş böyiça körilayotgan qat'iy çora-tadbirlar ota-onalarda farzandlarining xavfsizligini öylab xavotir hamda turli savollar paydo qilmoqda. VVS e'lon qilgan quyida maqolada koronavirusning bolalarga ta'siri haqidagi turli savollarga javob beriladi.

1. Bolalarga koronavirus yuqadimi?

Ha, koronavirus kattalar singari bolalarga ham yuqadi va ularda ham Covid-19 alomatlari paydo böladi.

«Pandemiya boşlanişida köpçilik koronavirus bolalarga yuqmaydi deb öyladi, ammo keyin ma'lum böldiki, bu xavfli virus kattalarga qanday bölsa, bolalarga ham öşanday yuqadi. Faqat bolalar kasallik davrini kattalarga nisbatan yengil ötkazadi», deb tuşuntirdi Oksford universiteti yuqumli kasalliklar böyiça pediatr va immunologiya professori Endryu Pollard.

Xitoyning kasalliklarni nazorat qiliş va profilaktika markazining 20 fevraldan boşlab ötkazgan tahlillariga köra, 72 314 nafar bemorning atigi 2 foizini 19 yoşgaça bölganlar taşkil etgan.

AQŞda ötkazilgan tadqiqotlar esa koronavirusga çalingan 508 nafar bolada birorta ölim holati yuz bermaganini körsatgan. Virus yuqtirgan bolalar jami bemorlarning atigi 1 foizini taşkil etgan.

«Dastlab virus kattalar örtasida tarqala boşladi, bu tabiiy, ular virusni odam köp böladigan joylarda, şuningdek, sayohatlarda yurib yuqtirgan. Endi esa karantin tufayli ular uylarida farzandlari bilan köproq vaqt ötkazişyapti va şu sabab virus yuqtirgan bolalarning soni oşib boryapti», deydi Buyuk Britaniyadagi Sauthempton bolalar şifoxonasida bolalar yuqumli kasalliklari böyiça maslahatçi Sanjay Patel.