“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ID-karta va yangi şakldagi haydovçilik guvohnomasini birlaştiriş haqida petitsiya joylaştirildi.

Qayd etilişiça, vatandoşlar uçun ID-kartalar oliş 2021 yil 1 yanvardan boşlab ixtiyoriy, 2023 yildan esa majburiy etib belgilandi. 

“Ammo şu yerda bir tuşunmovçilik kelib çiqadi. Masalan, men maşinada yursam-yurmasam haydovçilik guvohnomamni özim bilan olib yuraman. Biometrik pasportni esa har doim ham emas. Çunki, yangi körinişdagi haydovçilik guvohnomasi öz funksiyasini bajarişdan taşqari şaxsni tasdiqlovçi hujjat bölib ham hisoblanadi. 

Haydovçilik guvohnomasining mavqei va funksiyasi ID kartadan köra yuqoriroq bölib qolyapti. Şu sababli, ID karta va haydovçilik guvohnomasini integratsiya qiliş va yagona guvohnoma yaratişni taklif qilaman. Bunda guvohnoma emas, balki boşqa umumiyroq nom berilsa, maqsadga muvofiq böladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ID-karta va yangi şakldagi haydovçilik guvohnomasini integratsiya qiliş taklif qilinmoqda.