Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishlarni ko‘rib chiqish ortga surilishi evaziga Gruziyaga 5,5 mlrd dollar olib kelishga va'da berdi
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili "Mtavari arxi" telekanali efiri orqali Tbilisiga kelishuv taklif qildi.
Agarda Gruziya hukumati unga vaqtincha davlat rahbarining vakili rasmiy maqomini bersa va unga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishlarni ko‘rib chiqishni kuz fasliga qoldirsa, u koronavirus sababli iqtisodiyotga yetgan zararni bartaraf qilish uchun Gruziyaga xorijlik hamkorlardan 5,5 milliard dollar pul olib keladi.
Saakashvili yordam olish uchun Yevropadagi barcha poytaxtlarga murojaat qilishga tayyorligini, xalqaro moliya tashkilotlaridagi ko‘pchilikni va xalqaro siyosiy yetakchilarning deyarli barchasini tanishini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya oqibatidagi iqtisodiy inqiroz Gruziyani qashshoqlik va ochlikka olib kelishi mumkin, mamlakat iqtisodiyotini esa faqat xorijning qo‘llab-quvvatlashi qutqarib qoladi.
Saakashvili Gruziyani 2013 yilda tark etgandi. U o‘z mamlakatida qator jinoyat ishlari bo‘yicha qidiruvda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Gruziyada 400ga yaqin kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, 4 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
23:41 / 29.09.2025
Sud Saakashviliga Gurjiston budjetiga uch million dollar to‘lashi haqida hukm chiqardi
18:37 / 21.09.2025