Dunyo böyiça 2,4 milliondan ortiq kişiga yuqqan SARS-CoV-2 koronavirusining kelib çiqişi hayvonga borib taqaladi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) mutaxassislari ana şunday xulosaga keldi, deb xabar berdi Reuters.
«Mavjud barça ma'lumotlar virus hayvondan kelib çiqqanini va sun'iy ravişda yaratilmaganini tasdiqlamoqda», — dedi JSST spikeri Fadela Çaib.
Uning aytişiça, infeksiya qanday qilib turlar örtasidagi tösiqdan ötgani va odamlarga yuqqani hozirça noma'lum.
17 aprel kuni AQŞ razvedkasi infeksiya Xitoyning Uhan şahridagi laboratoriyada yaratilgani töğrisidagi taxminni tekşirayotgani xabar qilingandi.
Koronavirus yuqtirgan ilk inson Uhandagi virusologiya instituti laboratoriyasida işlagani haqida Fox News xabar bergandi. Britaniyaning Daily Mail naşri ham ana şu taxminni ilgari surdi.
Şuningdek, 2008 yilda tibbiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bölgan fransuz şifokori Lyuk Montane ham koronavirusning yangi turi Xitoyning Uhan şahridagi laboratoriyada işlab çiqarilgan degan fikrni aytdi.
Şu bilan birga, Avstraliya hukumati Uhanda koronavirus paydo bölişi böyiça tekşiruv ötkazişga çaqirdi.
Xitoy koronavirus laboratoriyada yaratilgani töğrisidagi barça miş-mişlarni rad etdi.













