Respublika maxsus komissiyasi hamyurtlarimizni xorijdan olib keliş uçun charter reyslarini taşkil etiş töğrisida alohida qaror qabul qiladi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Respublika maxsus komissiyasi koronavirus infeksiyasi keng tarqalişining oldini olişga qaratilgan barça çeklovçi çoralarni 2020 yil 10 mayga qadar uzaytiriş töğrisida qaror qabul qildi.

Şuningdek, xorijiy fuqarolarga berilgan viza muddatlari joriy yil 1 iyunga qadar avtomatik uzaytiriladi, muayyan muddatga vizasiz kiriş huquqiga ega bölgan davlatlar fuqarolariga (agar belgilangan muddat buzilgan taqdirda) istisno tariqasida mamlakatdan çiqib ketişiga joriy yilning 1 iyuniga qadar ruxsat beriladi, ularga nisbatan javobgarlik çoralari qöllanilmaydi.

“Şu bilan birga, Respublika maxsus komissiyasi hamyurtlarimizni xorijdan olib keliş uçun charter reyslarini taşkil etiş töğrisida alohida qaror qabul qilişini eslatamiz. 

Maxsus komissiyaning uşbu qarori, şuningdek, charter reyslarining sanasi va yönalişlari töğrisidagi ma'lumot rasmiy internet-manbalar orqali qöşimça ravişda tarqatiladi”, - deyiladi xabarda.