Davlat soliq qömitasi tomonidan yirik soliq tölovçilar toifasiga kiruvçi korxonalarning avtotransport vositalari uçun ruxsat beruvçi stikerlar berilişi e'lon qilinganidan keyin mazkur toifaga kimlar kirişi haqida DSQga köplab qönğiroqlar böldi, deb yozmoqda qömita matbuot xizmati.
Bildirilişiça, DSQning qarori bilan “Yuridik şaxslarni yirik soliq tölovçilar toifasiga kiritişning mezonlarini belgilaş töğrisidagi Nizom” tasdiqlangan.
Quyidagilar yirik soliq tölovçilar toifasiga kiritiladi:
a) aksiz soliğiga tortiladigan tovarlarni işlab çiqaruvçi va aksiz tölanadigan xizmat körsatuvçi korxonalar;
b) tijorat banklari, tovar-xomaşyo, fond va valuta birjalari;
v) «Navoiy KMK» DK, «Olmaliq KMK» AJ hamda ularning tarkibiga kiruvçi taşkilotlar;
g) mahsulot taqsimotiga oid bitim böyiça işlarni bajarişda iştirok etayotgan taşkilotlar;
d) mahsulot (tovar, iş va xizmat)larni sotişdan olingan sof tuşumi ötgan kalendar yil yakuni böyiça 100,0 milliard sömdan yuqori bölgan yoki ketma-ket keladigan ön ikki oylik davr yakuni böyiça uşbu miqdordan oşgan yuridik şaxslar;
ye) uglevodorod xomaşyosi va mineral resurslarni qazib oluvçi, qayta işlovçi, yetkazib beruvçi va sotuvçi hamda elektr energiyasini işlab çiqaruvçi va yetkazib beruvçi yuridik şaxslar, bundan avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari mustasno;
j) Özbekiston Respublikasining havo böşliğidan yölovçilarni taşiş maqsadlarida foydalanuvçi, xalqaro havo aloqalarini amalga oşiruvçi va ularning tarkibiga kiruvçi yuridik şaxslar.
Yirik soliq tölovçilar toifasini belgilaşda, sof tuşumi 100,0 milliard söm va undan oşgan yuridik şaxslar ötgan kalendar yil yakuni yoki ketma-ket keladigan ön ikki oylik davr böyiça soliq organlariga taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlaridagi körsatkiçlariga asosan aniqlanadi.
Yirik soliq tölovçilar toifasiga kiritilgan yuridik şaxslar kalendar yil yakuni bilan Nizomda körsatilgan mezonlarga javob bermasa, uşbu xöjalik yurituvçi sub'yektlar navbatdagi uç yil mobaynida yirik soliq tölovçilar toifasida qoladi.


















