O‘zbekiston | 08:57 / 22.04.2020
2600
4 daqiqa o‘qiladi

Jahon banki ishtirokida «O‘zbekistonda bozor islohotlarini qo‘llab-quvvatlash» loyihasi amalga oshiriladi

Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda bozor islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda bozor islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qayd etilishicha, quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda bozor islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 13 noyabrdagi PQ-4521-son qarori ijrosi doirasida:

“Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda bozor islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun 500,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz mablag‘lari jalb etilgan;

jalb etilgan qarz mablag‘lari o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida foydalanilmoqda;

O‘zbekiston Respublikasi Delegatsiyasi va XTTB vakillari o‘rtasida 2020 yilning 15 aprelda loyiha doirasida qo‘shimcha 200,0 mln. AQSh dollari miqdorida, 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, so‘ndirish muddati 30 yil bo‘lgan qo‘shimcha qarzni O‘zbekiston Respublikasiga taqdim etish bo‘yicha qarz muzokaralari o‘tkazilgan va qarz bitimi muzokaralari bayoni imzolangan;

loyiha doirasida XTTB tomonidan ajratiladigan qo‘shimcha qarz mablag‘lari koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va global inqirozning salbiy ta'sirini yumshatish choralarini ko‘rish uchun hamda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga, loyiha doirasida Jahon banki Direktorlar Kengashi tomonidan loyihani qo‘shimcha moliyalashtirish bo‘yicha rozilik berilgandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi va XTTB o‘rtasidagi loyihani qo‘shimcha moliyalashtirish yuzasidan qarz bitimini O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakolat beriladi.

Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda bozor islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan qo‘shimcha qarz mablag‘larini so‘ndirish hamda qarz bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlarini to‘lashning prognoz jadvali tasdiqlanadi.

Belgilanishicha:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini umumiy muvofiqlashtirish va monitoring qilish, XTTB tomonidan ajratilayotgan qo‘shimcha qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki loyihani amalga oshirish agentlari hisoblanadi;

XTTB tomonidan ajratiladigan qo‘shimcha qarz mablag‘larini so‘ndirish, shuningdek qarz mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan foizlar, vositachilik haqlari va boshqa xarajatlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid