Soğliqni saqlaş vazirligi Namangan viloyatida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligi oqibatida vafot etgani töğrisida xabar berdi.

«Şu yilning 14 aprel kuni Namangan şahrida yaşovçi G. oğir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan. Zudlik bilan amalga oşirilgan laborator tahlil natijasida unda koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangan. 54 yoşli uşbu bemor (ayol) oldin ham gipertoniya va qandli diabet taşxisi bilan surunkali kasallanib kelgan. Uşbu kasalliklari hisobiga u 17 aprel kuni viloyat yuqumli kasalliklari şifoxonasining reanimatsiya bölimiga olingan.

Bemorning şu kungaça kunlik ahvoli mamlakatimizdagi mazkur sohaga ixtisoslaşgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassis şifokorlari nazoratida bölgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar ötkazib kelingan.

Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida ötkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Endilikda Özbekistonda koronavirus qurbonlari soni 7 nafarga yetdi, ölimlarning 3tasi Namangan viloyatida qayd etilgan. Şuningdek, Toşkent şahridagi şifoxonalarda 3 nafar, Farğonada bir nafar bemor koronavirusdan zararlaniş oqibatida vafot etgan.