23 aprel kuni Özbekiston reklama xoldingi - Ledokol Group özining taşkil etilganining 12 yilligini nişonlaydi. Şu munosabati bilan, kompaniya asosçisi va rahbari Dilşod Muzaffarov “yöl-yölakay” sanoatning bir neçta savollariga javob berdi.
- Siz 9 yil avval bir intervyuda internet-reklamaga katta işonç bildirgan edingiz, işonçingiz öz mevalarini berdimi? Hozirgi kundagi holatni qanday baholaysiz?
Ha, biz dastlab internet-reklamaning “pionerlari” bölgan edik va tabiiyki, mijozlar ham bu yönalişga katta işonç bildirişmagan. Ammo, bu bizni tobora “çiniqtirib” bordi, biz öz işimizni davom ettiraverdik, şartnomalar tuzişdan aslo töxtamadik. Hozirda internet-reklamaga bölgan talab bir neça marotaba oşgan vaqtda, yillar davomida orttirilgan tajribadan va yetkazib beruvçilar bilan aloqalarimiz ham xizmat körsatiş, ham narx böyiça eng yaxşi takliflarni taqdim etişda qöl kelmoqda.
- Kompaniyaning hozirgi kundagi faoliyati haqida ikki oğiz söz?
-Ayni paytda LedokolGroup–bu turli xildagi, ya'ni TV, internet, taşqi reklama kabi yönalişlarni özida umumlaştirgan kompaniyalar guruhidir. Şuningdek, inflyuyenser-marketing (Influencer – ijtimoiy tarmoqlar orqali foyda oluvçi şaxs) böyiça alohida yönaliş – blogerlar bilan işlaş ham mavjud. Şu bilan birga, biz har yili axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalari bilan boğliq bölgan mustaqil loyihalarga ham sarmoya kiritamiz.
- Ötgan yilgi aylanma körsatkiçlari qançani taşkil qilmoqda va foiz nisbatiga köra umumiy miqdor-çi?
- Biz aylanmani biznes samaradorligining körsatkiçi deb hisoblamaymiz, biz uçun rentabellik (marjinallik, foydalilik) asosiy mezon bölib qolmoqda. Daromadli yönalişimizga keladigan bölsak, şubhasiz albatta TV yönalişi yetakçi bölib qolmoqda, lekin internet reklama ham tez ösib bormoqda.
- Inqiroz davrida işlar qanday ketmoqda?
- Karantin ommaviy axborot vositalariga bölgan ehtiyojning tez ösişiga olib keldi, televideniyega bölgan talab keskin ortdi va internetdan ham tez-tez foydalanilmoqda. Yirik reklama beruvçilar ayni damda brend haqidagi bilimlarni oşiriş uçun omadli vaqt ekanini anglab yetişdi va reklamaga faol ravişda sarmoya kiritişga harakat qilişmoqda. Boşqa bir tomondan esa “yangi mijozlar”ning soni tuşib ketayotganini ham kuzatmoqdamiz, ammo bu vaqtinçalik deb öylayman va buni yengib ötiş lozim. Har qanday holatda ham biz odatdagidek tartibda işlamoqdamiz va aslo çekinmaymiz ham.

















