Mazkur masalada Madaniyat vazirligi ham öz rasmiy munosabatini bildirdi:

«Buxoro şahridagi Xöja Kalon masjidi va minorasi 1573–1579 yillarda qurilgan bölib, madaniy meros röyxatiga kiritilgan obektdir.

Hozirgi kunda yodgorlik oldida joylaşgan hovuzni ta'mirlaş işlari Buxoro viloyati hokimligi tomonidan amalga oşirilmoqda. Ammo tartibga köra, Özbekiston hududida joylaşgan barça moddiy madaniy meros obektlaridagi işlar Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining maxsus ruxsatnomasi bilan amalga oşirilişi zarur.

Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert Kengaşiga örnatilgan tartibda hujjatlar taqdim etilgan holda, Kengaşning xulosasiga köra tiklaş işlarini olib boriş mumkin.

Voqea yuzasidan Madaniy meros departamenti örnatilgan tartibda hujjatlarni Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga taqdim etadi».

Bir jihatni qayd etiş kerakki, madaniy meros röyxatiga kiritilgan qadimiy masjid va minora buzilayotgani yöq. Bino oldidagi hovuz buzilgan. Buzilgan hovuz betondan tiklangani körinib turibdi va u aniq qadimiy emas.

Kun.uz bu borada Buxoro şahridagi qadimiy osori atiqalar restavratsiyasi bilan şuğullanib kelgan «Ark» firmasi rahbari Zoirşoh Qiliçevning fikrlari bilan qiziqdi.

— Qayd etib ötiş joiz, Xöja Kalon masjidi oldida qadimda hovuz bölgan. Biroq 1950-yillarda bu hovuz buzib yuborilib, örni töldirilib boğ qilingan. Keyin Lenin va Stalinning haykali örnatilgan edi. Haykallar olib taşlangaç, boğ qolgan edi. 1990-yillarning oxirida hovuz şoşilinç ravişda qayta tiklangan.

Z.Qiliçevning aytişiça, Buxoro şahri qator yillardan buyon yomğir mavsumida suv toşqiniga duçor bölib kelmoqda. Jumladan, Xöja Gavkuşon masjidi hududini ham bir neça marta suv bosgan. Bu esa har yili bahor va kuz fasllarida qadimiy binolar poydevorini suv bosişi va çökişiga olib kelmoqda. (Masalan, Çor minor ansamblini