Pandemiya davrida xususiylashtirish jarayonlari to‘xtatilmaydi - Jamshid Qo‘chqorov
Jamshid Qo‘chqorov kambag‘allikni qisqartirish borasidagi chora-tadbirlar hamda davlat hissasi katta bo‘lgan korxonalar sotuvi bo‘yicha gapirdi
Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda pandemiya va inqiroz davrida O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyat muhokama qilinmoqda.
Hukumatning iqtisodiy korpusi vakillari, yirik tadbirkorlar va biznes vakillari ishtirok etayotgan tadbir davomida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Kun.uz muxbirining kambag‘allikni qisqartirish borasidagi chora-tadbirlar hamda davlat hissasi katta bo‘lgan korxonalar sotuvi bo‘yicha savoliga javob qaytardi.
«Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. Bu ishlar ham xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda, ham o‘zimizda bir kun ham to‘xtagani yo‘q. Bugungi kunda qilayotgan ishlarimiz ham shuning bir misolidir. Hozir bizda minimal iste'mol savatchasi va shu kabi ijtimoiy ko‘rsatkichlar tasdiqlanmagan. Lekin, bu borada tegishli hisob-kitoblar bor. Har bir mahalla bo‘yicha mana shunday hisob-kitoblar qilinyapti, muhtoj odamlar aniqlanyapti. Shu bilan birga, bunga parallel ravishda strategiya ishlab chiqilyapti. Xalqaro tashkilotlar bilan hozirda telekonferensiya shaklida muloqotdamiz. Vazirlikda bu bilan maxsus boshqarmalar shug‘ullanyapti.
Xususiylashtirish jarayonlariga keladigan bo‘lsak, bu jarayon to‘xtamaydi. Bu jarayonlarda ham biz yengillashtirish choralarini, balki, bo‘lib-bo‘lib to‘lashni yana ham soddalashtirish, kengaytirish masalalarini ham o‘ylayapmiz. Umuman olganda, birinchi navbatdagi masala - yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan yaxshi chiqib olish. Biroq, islohotlar, boshlangan ishlarning deyarli hech qaysisi to‘xtagani yo‘q», - dedi Jamshid Qo‘chqorov.
Jamshid Qo‘chqorov: «Birinchi navbatdagi masala - yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan yaxshi chiqib olish»Jamshid Qo‘chqorov: «Birinchi navbatdagi masala - yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan yaxshi chiqib olish» 👉 https://kun.uz/77408004
Posted by Kun.uz on Thursday, April 23, 2020
Mavzuga oid
22:40 / 19.10.2024
Million dollarlik litsenziya, YeOIIga rad javobi va 2x YaIM prognozi - hafta dayjesti
13:25 / 19.10.2024
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi
10:20 / 19.10.2024
Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi yanada oshiriladi
17:43 / 18.10.2024