Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erkin Hamroyev tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston prezident qarori bilan Erkin Jalilovich Hamroyev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mita raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. U mazkur lavozimga 11 fevral kuni Hukumat qarori bilan tayinlangan edi.
Erkin Hamroyev O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn (Germaniya) shahridagi diplomatik vakolatxonasida bosh konsul bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida Ilhom Ne'matov Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga O‘zbekistonning Hindistondagi sobiq elchisi Farhod Arziyev tayinlangan, Ilhom Ne'matov Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.
Shu yilning mart oyida O‘zbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi Sherzod Asadov Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT Rossiyaning Kriviy Rigga hujumini keskin qoraladi
Jahon | 13:49
-
Germaniyada O‘zbekistondan mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha memorandum imzolandi
O‘zbekiston | 13:38
-
G‘azoni bo‘laklarga bo‘layotgan Isroil, Amerikada Trampga qarshi namoyishlar va bojlar oshirilishiga qarshi chiqqan Ilon Mask - kun dayjesti
Jahon | 13:37
-
Hafta o‘rtasida ayrim hududlarda yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 13:00
Mavzuga oid

13:06 / 28.02.2022
Tashqi ishlar vazirligi tarkibiy bo‘linmalariga yangi rahbarlar tayinlandi

16:38 / 26.02.2022
Ukrainada shaharlararo transport tizimi to‘xtab qolgani evakuatsiyani murakkablashtirmoqda - O‘zbekiston TIV

12:18 / 30.07.2021
TIV pandemiya davrida O‘zbekistonga kirish qoidalarini e'lon qildi

14:15 / 12.03.2021