Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Afg‘oniston prezidentining o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi chaqirig‘ini rad etdi
Toliblar Afg‘oniston hukumatidan AQSh bilan kelishuvga muvofiq besh ming nafar mahbusni ozod qilishni talab qilmoqda. Hukumat bosqichma-bosqich 1,5 ming mahbusni ozod qilishga rozi bo‘ldi.
"Tolibon" harakati Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi chaqirig‘ini rad etdi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.
Telekanalning bildirishicha, Ramazon oyi arafasida Afg‘oniston prezidenti toliblarga mamlakatda koronavirus tarqalishi sababli o‘t ochishni to‘xtatish chaqirig‘i bilan chiqqan.
"Koronavirus sababli minglab mahkumlarning hayoti xavf ostida turganida va tinchlik jarayoni bo‘yicha kelishuvni bajarish oldida to‘siqlar turgan vaqtda o‘t ochishni to‘xtatishni so‘rash maqsadga muvofiq emas va ishonchsiz", - dedi harakatning Qatardagi rasmiy vakili Suhayl Shahin.
U AQSh bilan kelishuvning to‘liq amalga oshishi "mustahkam tinchlik va o‘t ochishning to‘xtatilishiga olib kelishi"ni ta'kidladi.
Toliblar Afg‘oniston hukumatidan AQSh bilan kelishuvga muvofiq besh ming nafar mahbusni ozod qilishni talab qilmoqda. Hukumat bosqichma-bosqich 1,5 ming mahbusni ozod qilishga rozi bo‘ldi.
29 fevralda Dohada AQSh va toliblar o‘rtasida kelishuv imzolangandi. Kelishuvga ko‘ra, AQSh 14 oy ichida o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishi, mahbuslar almashinuvidan so‘ng tinchlik yo‘lidagi muloqot boshlanishi lozim edi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026