Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda karantin markazi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan Toshkent shahar hokimligi huzurida Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuasini boshqarish bo‘yicha maxsus markaz (karantin markazi) tashkil etiladi.
Karantin markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni qabul qilish, saqlash va karantin majmuasidan chiqarishni tashkil etish;
karantin majmuasini samarali boshqarish, karantin majmuasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish va karantinga olingan shaxslar, shuningdek jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar tibbiy nazoratini tizimli ravishda olib borish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan karantinga olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, shuningdek ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishlarini nazorat etilishida hamkorlik qilish;
karantinga olingan shaxslarni qabul qilish, saqlash va karantin majmuasidan markazlashtirilgan tartibda chiqarishni tashkil etishda davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
karantin majmuasida muntazam, shu jumladan, karantin tadbirlari yakunlangandan keyin dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishni ta'minlash.
Karantin markazi Toshkent shahar hokimligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat unitar korxonasi shaklidagi tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Karantin markazi direktori Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent shahar hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Karantin majmuasiga biriktirilgan tegishli mutaxassis, xodimlar va harbiy xizmatchilar mehnat va xizmat faoliyatini asosiy ish joyidan ajralgan va oylik ish haqi (pul ta'minoti) saqlangan holda olib boradi. Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ularni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
Bundan tashqari, qaror bilan Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida nizom hamda Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida nizomlar tasdiqlandi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026