Davlat test markazi abituriyentlar uçun Test texnologiyalarini rivojlantiriş boşqarmasidagi Umumta'lim fanlari böyiça test topşiriqlarini şakllantiriş bölimi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar xususida ma'lumot berdi.
Ta'kidlanişiça, joriy yil qabul test sinovlarida qöllaniladigan test topşiriqlari ötgan yillarda foydalanilgan test topşiriqlariga nisbatan soddalaştiriladi.
2019/2020-öquv yilida oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul uçun ötkazilgan test sinovlari jarayonida tarix va geografiya fanlaridan yozuvsiz xarita, jadval, rasmli test topşiriqlari qöllanilgan edi.
Abituriyentlarning test topşiriqlarini tez anglay olişi, fikrlaş könikmalarini rivojlantiriş maqsadida endilikda yana çet (ingliz, nemis, fransuz) tillaridan ham holatni ifodalaşda rasmli test topşiriqlari şakllantirilmoqda. Bu odatdagi talabdan ança oson böladi degani.
Şuningdek, biologiya va kimyo fanlaridan rasmli test topşiriqlari soni köpaytirilmoqda.
Bulardan taşqari, ona tili va adabiyotdan mustaqil öqiş uçun tavsiya qilingan badiiy asarlardan va fanga oid çizmali test topşiriqlari sonini köpaytiriş ustida harakatlar olib borilmoqda.
Kimyo fanidan şakllantirilayotgan test topşiriqlari tarkibida nazariy savollar sonining oşirilişi va laboratoriya işlariga oid test topşiriqlarini yaratiş jarayonlari davom etyapti.
Soddalaştiriş işlari fizika fani böyiça ham amalga oşirilmoqda va bu quyidagi körinişda aks etadi:
ötgan yillarda ötkazilgan qabul test sinovlarining mazkur fan böyiça natijalari tahlili hamda fuqarolar murojaatlari inobatga olingan holda Fizika fanidan birinçi qiyinlik darajasidagi (eng oson) test topşiriqlari soni 6 tadan 10 tagaça köpaytiriladi;
jami test topşiriqlari tarkibida nazariy test topşiriqlarining uluşi oşiriladi;
abituriyentlarga qulaylik yaratiş maqsadida «Doimiy fizik kattaliklar jadvali» işlab çiqildi va u test sinovlari jarayonida taqdim etiladi.
Qayd etilişiça, umumta'lim fanlaridan test topşiriqlarini şakllantirişda keltirib ötilgan özgarişlar keng jamoatçilik tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar örganilgan, tahlil qilingan holda, ularning istaklariga muvofiq joriy etiladi.













