Vazirlik matbuot xizmatidan ma'lum qilişlariça, yiğilişda 17 aprel kuni imzolangan «Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş tizimini kengaytiriş va yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarorining ijrosi muhokama qilingan.

«Onlayn yiğilişda Samarqand va Termiz davlat universitetlari, Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Toşkent davlat texnika, Toşkent davlat agrar, Toşkent davlat pedagogika universitetlari va Toşkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiallari rahbarlari iştirok etdi.

Şuningdek, yiğilişda Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlangan Rahimov Ğanişer Xudoyquloviç taniştirilib, mazkur yangi oliy ta'lim muassasasi oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi», – deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 17 aprel kungi prezident farmoniga asosan taşkil etilgan, yangi OTM rektori lavozimiga bunga qadar Özbekiston davlat jahon tillari universitetini boşqarib kelgan Ğanişer Rahimov tayinlangan edi.