— Prezidentning ta’lim va soğliqni saqlaş sohalari böyiça maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov işdan olinişiga nimalar sabab böldi, deb hisoblaysiz?

Kamoliddin Rabbimov: — Prezidentning ijtimoiy sohalar böyiça maslahatçisi mas’ul bölgan sektor butun dunyoda ham oğir sektor hisoblanadi. Ikkinçidan, bu sohada Özbekistonda muammolar juda köp. Masalan, soğliqni saqlaş tizimidagi vaziyat oğir.

Bundan taşqari, Özbekistonda aholining ijtimoiy himoyasi körsatkiçi juda past. Şundan kelib çiqib Özbekiston hatto Konstitutsiya orqali öziga ijtimoiy davlat mas’uliyatini olmoqçi. Bu qanday amalga oşişini esa köramiz.

Kamoliddin Rabbimov

Nima bölganda ham bu amalga oşişi kerak, çunki bir neça yil ötib Özbekistonda kambağallar va qaşşoqlar sinfi keskin kengaygan holatga kelib qolişi va bu holatdan çiqiş masalasi hukumat uçun oğirlaşib ketişi mumkin. Hozir bu muammoning oldini oliş mumkin.

Qolaversa, ta’lim sohasida ham muammolar yetarliça. Özbekistondagi ta’lim sifati qanday ekanini hamma biladi.

Fikrimça, bu yerda ikkita masala Abduvohidovning işdan olinişiga sabab böldi. Birinçidan, bu butun dunyoda an’anaviy, oğir sektor ekani, ikkinçidan, Özbekistonda bu yönalişdagi novatorlik, özgarişlar, ijtimoiy fikr kutilgan darajada emasligi.

— Hamid aka, Abduvohidovning işdan olinişi, sizningça, tizimli boşlangan özgarişlar davomi böldimi?

Hamid Sodiq: — Tizimli özgariş deganda siyosiy rejimning kayfiyatidan kelib çiqib bölayotgan özgarişlarni aytiş mumkin. Bunday özgarişlar politologiyada institutsional özgariş deyiladi. Instutsional özgarişlar vatandoşlik jamiyati va parlament talablari bilan röy beradi.

Hamid Sodiq

Personal özgarişlarda esa bu rejimga nisbatan loyallik va status kvoning özgartirmasligi bilan boğliq özgarişlar böladi. Bunda masalan, rejimga ta’sir körsatadigan xatolarga yöl qöygan mansabdorlar özgartiriladi.