Hozirgi kunda Amudaryoda suv toşqini yuz berişi ehtimoli umuman mavjud emas. Bu haqda Özbekiston Suv xöjaligi vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Ma'lum qilinişiça, Amudaryoning Özbekiston hududiga kirib keladigan nuqtasidagi Termiz suv ölçaş postida hozirda soniyasiga örtaça 1,3 ming metr kub suv oqib ötmoqda. Bu körsatkiç örtaça köp yillik me'yorga nisbatan uç-tört baravar kam.

Şuningdek, Amudaryoning Buxoro viloyatiga suv oliş hududida joylaşgan Atamirat suv ölçaş postida ham bugungi kunda soniyasiga örtaça 805 metr kub suv oqib ötayotgan bölib, bu köp yillik me'yorga nisbatan tört baravarga kamdir.

Amudaryoning asosiy irmoği – Vaxş daryosida joylaşgan Tojikistonning Nurek suv ombori umumiy hajmi 10,5 milliard kub metr bölib, bugungi kunda mazkur suv omborida suv hajmi bor-yöği 6,2 milliard kub metrni taşkil etadi. Oddiy qilib aytganda, omborda suv zaxirasi deyarli qolmagan (suv omborining ölik suv hajmi 6,0 milliard kub metr).

Özbekiston suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev Amudaryodagi suv resurslariga boğliq vaziyatni Tojikiston suv va energetika vaziri Usmonali Usmonzoda bilan telefon orqali muhokama qilgan. Vazir Usmonzoda Amudaryoda heç qanday toşqin bölişi mumkin emasligi, bunga biror-bir omil yöqligini ta'kidlagan.

«Şundan körinib turibdiki, Amudaryoda suv köpayişi kuzatilayotgani yöq va bunga heç qanday sabab ham mavjud emas», deyiladi vazirlik axborotida.

Bundan taşqari, Kaspiy dengizida suv toşqini bölib, Özbekiston hududiga, jumladan Buxoro viloyatining Olot va Qoraköl tumanlarigaça yetib kelişi borasida tarqalgan miş-mişlar mutlaqo asossizligi qayd etilgan.

Xalqaro sathlar şkalasiga (Boltiq tizimiga) nisbatan Kaspiy dengizining suv sathi 27 metr pastda, Olot va Qoraköl tumanlarining yer sathi esa örtaça 190 metr yuqorida joylaşgan — Kaspiy dengizining suv sathi Olot va Qoraköl tumanlari yer sathidan örtaça 217 metr pastda hamda 950 kilometr uzoqlikda joylaşgan.

«Suv xöjaligi vazirligi xalqimizga şuni katta işonç bilan ta'kidlaydiki, Amudaryoda, qolaversa, Olot va Qoraköl tumanlarida heç qanday suv toşqini kuzatilmayapti va hozirgi şaroitda buning aslo ehtimoli ham mavjud emas», deyiladi vazirlik ma'lumotida.

Eslatib ötamiz, 28 aprel kuniga ötar keçasi Buxoro viloyati hududida kuçli şamol yuz berişi ortidan Olot va Qoraköl tumani aholisi örtasida suv toşqini yuz berişi haqida miş-mişlar tarqalgan va odamlar öz turar joylarini taşlab qirliklarga çiqib ketişi