«Pandemiya sababli tizimga masofaviy texnologiyalar joriy qilinib, 10 mingdan ziyod ta'lim muassasasidagi 7 million öquvçi va 500 ming talabaga onlayn dars beriş yölga qöyildi. Bu yangi mexanizm karantin şaroitida fanlar öz vaqtida özlaştirilişini ta'minlab bermoqda.
Endi joriy öquv yilini sifatli yakunlaş vazifasi turibdi. Xorijiy davlatlar tajribasi va bugungi vaziyatdan kelib çiqib, oliy öquv yurtlarida bitiruv imtihonlarini onlayn şaklda ötkaziş rejalaştirilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yiğilişda mazkur jarayonlarni sifatli taşkil etiş böyiça topşiriqlar berildi.
Ta'lim muassasalariga hujjatlar qabulini takomillaştirib, masofadan, onlayn şaklda, internet orqali hujjat topşiriş imkoniyatini yaratiş zarurligi ta'kidlandi. Bu boradagi yangi tartib va afzalliklar haqida aholi batafsil xabardor qilinadi.
Ma'lumki, 2020 yildan kiriş imtihonlari jami 5ta – uçta majburiy va ikkita mutaxassislik fani böyiça ötkazilişi belgilangan edi. Lekin karantin şaroiti yoşlarning imtihonga töla tayyorgarlik köriş imkoniyatini ham çekladi.
Qolgan qisqa vaqtdan unumli foydalaniş imkoniyatini yaratiş maqsadida, joriy yilda imtihonlarni soddaroq şaklda ötkaziş böyiça mas'ullarga topşiriqlar berildi.
Respublikamizda Prezident maktablari soni 4taga yetdi, 9ta ijod maktabi öz faoliyatini olib bormoqda. Joriy yilda yana 5 ta Prezident maktabi va 2 ta ijod maktabini foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.
Ularni öz muddatida quriş işlarini tizimli taşkil etiş böyiça tegişli topşiriqlar berildi.
Karantin tufayli ijtimoiy masofa tuşunçasi hayotimizdan muhim örin egalladi. Şundan kelib çiqib, ta'lim muassasalarida, ayniqsa maktablarda, me'yorlarni qayta körib çiqiş zaruriyati ta'kidlandi.
«Pandemiyani sabab qilib ta'lim tizimini takomillaştiriş böyiça işlarni keçiktirişga mutlaqo haqqimiz yöq», dedi prezident.

Vaziyatga qarab, öquv yuklamalarni va dasturlarni qayta körib çiqiş, oliy öquv yurtlarida amaliy könikmalarni rivojlantirişga e'tiborni kuçaytiriş lozimligi belgilandi.



















