Bu holat viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi davlat inspektorlari tomonidan 2019 yil kuz mavsumida Tomdi tumani çöl hududida amalga oşirilgan tezkor reyd tadbirlari davomida aniqlangan.
Tabiatga qiron keltirgan ovçilarga nisbatan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, Tomdi tumani IIB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi «j» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.
Navoiy viloyati Ekologiya boşqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, mazkur holat yuzasidan 2020 yil 15 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Zarafşon şahar sudining oçiq sayyor sud majlisida sudlanuvçilar A.Z va A.A. ning sud işi bölib ötdi.
Sud hukmiga köra, yetkazilgan zarar böyiça Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi foydasiga javobgarlardan 68 mln 907 ming söm undiriş lozim topildi. Ovda foydalanilgan mototsikl va ov quroli davlat hisobiga musodara qilindi hamda 3 yil ozodlikdan çeklaş jazosi tayinlandi.

















