Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida ov qurollari bilan qurollangan bir guruh brakonerlar viloyat ekologiya boşqarmasi tezkor guruhi xodimi I. Xöjayevga kuç işlatgan. Bu haqda Ekologiya qömitasi raisi maslahatçisi Rasul Kuşerbayev xabar berdi.
“Noqonuniy ov bilan şuğullangan brakonerlar ekologiya inspektorining qonuniy talablariga böysunmagani holda özlariga yordam uçun Buxoro viloyatidan "köça mafiyasi"dan iborat guruh çaqirib, ular yordamida qoçib ketişga erişgan”, deb yozdi u öz telegram-kanalida.
Avvalroq Farğona viloyatining Buvayda tumanida hokim örinbosari ekologiya inspektoriga kuç işlatgandi.
Uşbu voqea keng jamoatçilik e’tiboriga tuşganidan söng hokim örinbosari lavozimidan ozod etildi. U va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi böyiça jinoyat işi qözğatildi. Jinoyat işi tergovi şaxsan boş prokuror tomonidan nazoratga olingan.

















