COVID-19ga oid statistik ma'lumotlarga ko‘ra, kasalxonalarda tobora kovid yuqtirib insultga uchragan nisbatan yosh (30–40 yoshli) bemorlar soni ko‘paymoqda.

Agar avvalroq koronavirusning asosiy nishoni o‘pka deb qaralgan bo‘lsa, endi u yanada dahshatliroq dushmanligi va hayot uchun zarur har bir organ (oshqozon-ichak trakti, buyraklar, yurak va h.k.)ni zararlashi oydinlashmoqda.

Kasallikning biologik mexanizmlari esa hozircha olimlar tushunishi doirasidan tashqarida.

Yaqin kunlargacha COVID-19 tufayli insultlar haqidagi xabarlar juda kam edi, deb yozadi The Washington Post. Xitoyning Uhanida ham ayrim kasallarda insult kuzatilgan, biroq ularning aksariyati jiddiy kasallar va qariyalar bo‘lgan. Ba'zi ekspertlar o‘shandayoq intuitsiyasi bilan bu bog‘liqlikni sezishgan, deydi Pitsburg meditsina markazi nevrologi Sherri Chu.

Endi AQShdagi uchta yirik meditsina markazlari ushbu fenomen haqida ma'lumotlarni e'lon qilishga tayyorlanmoqda.

Foto: Eduardo Munoz/Reuters

Ularning ma'lumotlari hozircha ancha kamtarona, lekin ular virus bizning tanamizga qanday ta'sir o‘tkazishi haqida yangi axborotlarni bilib olish mumkin. Masalan, koronavirus yuqtirgan nisbatan yosh (va sog‘lom) bemorlarda qon tomirlarida tiqin paydo bo‘lishi (large vessel occlusion, LVO) kuzatilmoqda, uning natijasida miyaning harakat, nutq va qaror qabul qilishga mas'ul sohalari ishdan chiqishi mumkin.

Ko‘plab tadqiqotchilarning fikricha, COVID-19 bemorlarida insultning kuzatilishi qontomirlarda paydo bo‘luvchi tromblarning oqibatidir, ular «oqim bo‘ylab yuqoriga» harakat qilish tendensiyasiga ega: masalan ular boldirdan o‘pkagacha borishi mumkin, so‘ngra o‘pka emboliyasi (o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi)ni keltirib chiqaradi — bu COVID-19 bemorlari o‘limining eng mashhur sababi.