Urbanizatsiyalaşgan markazlarda hayvonlar böşab qolgan köçalar va suv yöllarida paydo bölmoqda, deb yozadi BBC.
Qöriqxonalar va istirohat boğlari ma'murlarning sözlariga köra, bunda sayyohlar sonining kamayişi alohida öringa ega.
Istanbuldagi delfinlar

Turkiyaning Istanbul şahrida joylaşgan böğoz, odatda, dunyodagi eng gavjum dengiz yöllaridan biri hisoblanadi. Katta tanker va yuk kemalari, şuningdek, yölovçi taşişga möljallangan qayiqlar har kuni 24 soat davomida bu yöl orqali kesib ötib turadi.
Hozirga kelib, bu yerda transport harakatining sustlaşişi va baliq ovçilarining kamayişi oqibatida delfinlar köriniş berib, suv uzra sakraşyapti.

Istanbulda delfinlarning qora-qora nuqtalarini şaharning ança uzoq qismidan turib köriş tabiiy holatga aylanib ulgurgan. Biroq hozir dengiz yaqinida yaşaydigan odamlar tarmoqlarga qöyayotgan videolar orqali uşbu jonivorlar qirğoqqa qançalik yaqin joyda suzib yurganini kuzatiş mumkin.
İnsanoğlunun virüs olduğu kesinleşti. 😡
— Rosy (@GBakkan) April 22, 2020
Dün gece Ortaköy. pic.twitter.com/687kykebdY
«Delfinlar qirğoqlarga yaqinlaşyapti, çunki u yerda nazoratsiz ov qiluvçi kimsalar hozir yöq», deydi delfinlarni suratga olgan kema sotuvçilaridan biri.
Hayfadagi çöçqalar

Isroilning Haaretz gazetasi «Yovvoyi çöçqalar Hayfa mahmonxonasini egallab oldi», deya yozib çiqdi.
























