Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omboridan suv sizib çiqişi natijasida jabrlangan fuqarolar uçun andijonliklar tomonidan insonparvarlik yordami yuborilmoqda.
Bugungi karantin şaroitida, favqulodda hodisa yuz berib Sardoba suv omboridan suv sizib çiqişi natijasida qiyinçilikka duç kelgan yurtdoşlarimizni qöllab-quvvatlaş maqsadida Andijon viloyati hokimligi tomonidan Sirdaryo viloyatiga 5 tonna un, 500 kg yoğ, 600 kg göşt, 3 tonna kartoşka, 2 tonna guruç va 2 tonna makaron bölgan oziq-ovqat mahsulotlar töplami hamda 35 mingta tibbiy niqob, 10 ming dona bir martalik idişlar, 145 mingdan ziyod kiyim-keçak mahsulotlari yuborildi.
Uşbu hududdagi favqulodda holatni bartaraf etişda kömaklaşiş hamda sinovli kunlarda aholining oğirini yengil qiliş maqsadida yana zarur bölgan yordam uçun tayyorgarlik körilmoqda.





















