2020 yil sinovlarga boy böldi. Sirdaryo viloyatidagi toşqinlar ham şubhasiz xalqimiz uçun navbatdagi imtihon bölmoqda.

1 may kuni Toşkentdagi bir guruh köngillilar tezkorlik bilan «Sirdaryoliklarga yordam» guruhi ostida uyuşdilar va taşkil qilingan telegram kanalga quyidagiça e'lon joylaştirildi:

«Toşkent şahrida yaşovçi avtomobili bor fuqarolar diqqatiga!

 Biz, bir guruh köngillilar Sirdaryoda suv toşqinidan jabr körganlarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib bermoqçimiz! Hyatt Regency mehmonxonasi oldida 08:00da körişamiz, 10:00da yölga çiqamiz. Yordam beriş istagida bölganlar uçun plastik karta: 8600 5304 2934 0725» (Mukadamov Bobir)

Kun.uz muxbiri aksiya taşkilotçilaridan biri – feysbukdagi «Portal molodeji» guruhi va yuqoridagi telegram kanal asosçisi Bobir Mukadamov bilan boğlandi.

«Hammasi oddiygina taşabbusdan boşlangandi. Sirdaryodagi vaziyatni körib, yordam beriş istagi tuğildi. Keyin döstlarimizni jalb qildik va köpçilik yordam beriş niyatini bildirdi.

Ayni paytda keç bölişiga qaramay guruh a'zolari köpayib bormoqda va hamma imkon qadar öz hissasini qöşişni niyat qilgan.

Masalan, Roma ismli iştirokçi 100 kg guruç, 100 kg un, 100 kg greçka, 50 litr yoğ, 100 kg şakar va yana şunça makaron yetkazişini bildirgan.

Köpçilik faollik bilan plastik kartalarga mablağ ötkazib berayotgan bölsa, Hikmat ismli yana bir köngilli özining yuk avtomobili bilan beğaraz xizmat körsatiş niyatida», deydi Mukadamov.

Aksiyaga qöşiliş niyatidagilar +99890 9999960 raqami orqali taşkilotçilar bilan boğlanişlari mumkin.

Faol bloger Aqida Xonim boşçiligidagi «Pokiza insonlar» guruhi 200 kişiga oziq-ovqat yetkaziş niyatida ekanligini ma'lum qilgan.

Bu guruh aksiyasiga hissa qöşiş istagida bölganlar +99899 8143008 telefon