Hujjatga muvofiq, hududlarni barqaror va jadal rivojlantiriş uçun ularning kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini, tabiiy xomaşyo resurslaridan foydalaniş samaradorligini, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini, şuningdek, hududlarning boşqa qiyosiy ustunliklarini baholaşning yagona tizimini joriy etiş maqsadida statistik körsatkiçlar va sörovnomalar natijalari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini reyting baholaş tizimi joriy etiladi.
Reyting baholaşni joriy etişda quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi:
barqaror va mutanosib iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlaş, iqtisodiy islohotlar samaradorligi;
yangi iş örinlari yaratiş, işsizlikni kamaytiriş va mehnat bozori samaradorligini ta'minlaş;
ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini oşiriş va aholi turmuş sifatini yaxşilaş;
aholi va biznes uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, işlab çiqariş infratuzilmasining barqarorligi hamda işonçliligini ta'minlaş;
hududlarning raqobatbardoşlik darajasini oşiriş, ularning iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qiliş;
işbilarmonlik muhiti sifatini yaxşilaş, tadbirkorlikni doimiy qöllab-quvvatlaş va jadal rivojlantiriş;
hududlarning moliyaviy mustaqilligiga erişiş hamda bank-moliya sohasini rivojlantiriş;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan işlaş samaradorligi va ma'lumotlarning oçiqligini oşiriş.
Uşbu qaror bilan Reyting körsatkiçlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş darajasini baholaş tartibi töğrisidagi nizom ham tasdiqlandi.
Reyting baholaş natijalari asosida reyting körsatkiçlarini aniqlaş Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahri, tumanlar va şaharlar kesimida amalga oşiriladi.
Ötgan yil uçun reyting baholaş natijalari har yili 1 fevral (tezkor baholaş) va 15 iyunga (yakuniy natijalar) qadar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritiladi.
Reyting baholaş natijalari har yili Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlari yiğilişlarida tanqidiy muhokamaga qöyiladi.

















