Oq uy AQŞning boş infeksionisti va immunologi Entoni Fauçiga prezident Donald Trampning koronavirus bilan boğliq vaziyat böyiça harakati borasida kongressda körsatma berişini taqiqladi.
Hozirda koronavirusga qarşi kuraş böyiça çoralar işlab çiqayotgan kişilarning kongressda çiqiş qilişi "samarasiz böladi", Fauçi "qulay vaqtda söroq qilinişi mumkin", dedi Oq uy matbuot kotibining örinbosari Jadd Dir.
AQŞ kongressi vakillar palatasining assignatsiya qiliş böyiça qömitasi rahbari Evan Xollander NBC telekompaniyasiga bergan intervyusida kongressmenlar Trampning koronavirus atrofidagi inqirozga nisbatan harakati böyiça Fauçining körsatmalarini tinglamoqçi ekanligini ma'lum qilgandi.
Vakillar palatasini koronavirusga qarşi kuraşda sustkaşlik qilgani uçun Trampni keskin tanqid qilayotgan demokratlar partiyasi a'zolari boşqaradi.
Entoni Fauçi Oq uyning koronavirusga qarşi kuraş böyiça işçi guruhining boş ekspertlaridan biri hisoblanadi. U bir neça kun avval ayrim ştatlarni karantin çoralarini bekor qilişga şoşilmaslikka çaqirgandi.
Tramp esa mamlakat iqtisodiyoti duç keladigan salbiy oqibatlarni yumşatiş uçun çeklovlarning tezroq bekor qilinişi tarafdori.
AQŞ koronavirusga çalinganlar soni böyiça dunyoda yetakçi bölib turibdi. Mamlakatda uşbu kasallikka çalinganlar soni 1,1 mln kişidan oşib ketgan, 66 ming kişi vafot etgan.


















