«Özgidromet» uşbu xabarga munosabat bildirib, Özbekiston hududida qum böroni kutilmayotganini bildirdi.
Aytilişiça, 2 may kuni respublikada ob-havoning beqaror bölişi, yomğir yoğişi, ayrim joylarda kuçli yomğir yoğişi va momaqaldiroq bölişi kutilmoqda.
Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida keçasi va ertalab yomğir, ba'zi joylarda kuçli yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin, kunduzi yoğingarçilik bölmaydi.
Respublika böyiça ayrim joylarda şamolning tezligi kuçayib sekundiga 15-20 metr, şiddat bilan esganda 23-28 metrgaça yetişi mumkin.


















