Yomğir yoğib, kuçli şamol bölgani sababli 1 may kuni ertalab Sardoba suv ombori töğonining bir qismi öpirilişi oqibatida suv oqimi aholi punktlari, kommunikatsiya tarmoqlari va qişloq xöjaligi maydonlariga katta zarar yetdi.

Davlat rahbari zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi. Hukumat komissiyasi taşkil etilib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qiliş va ularga har tomonlama yordam beriş böyiça barça çora-tadbirlar körildi.

Prezident Oqoltin tumanida aholi bilan uçraşib, ofatdan jabrlangan har bir inson alohida e'tiborga olinişi, hamma uy-joy va oziq-ovqat bilan ta'minlanişini ta'kidladi.

«Bu heç kim kutmagan sinov. Birinçi harakatimiz odamlarni ehtiyot joylarga köçiriş böldi. Eng katta masala – ölim bölmasligi. Oqsoqollar, mahalla raislari va nozirlaridan iltimos qilaman: odamlarni yiğib, uylarga, palatkalarga joylaştirib, oziq-ovqat bilan ta'minlab, mahallama-mahalla saranjom qilib olişimiz kerak. Buning uçun hamma kuç va vositalarni safarbar qilamiz. Şaroit yaxşi bölmagunça birorta rahbar ketmaydi. Sabr qilib, oğirlikni yelkamizga olib, çidaşimiz kerak. Bironta xonadon, bironta odam e'tiborsiz qolmaydi», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Tezkor çora-tadbirlarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi, mahalliy hokimliklar, quriliş-ta'mirlaş taşkilotlari, huquq-tartibot idoralari va boşqa xizmatlar mutaxassislari safarbar etildi. Suv ombori yaqinidagi mahallalar aholisi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi. Jumladan, tumanlarda taşkil etilgan maxsus ştablar tomonidan maktab, kollej, korxona va xonadonlarga joylaştirildi. 

Şuningdek, Mudofaa vazirligi şaxsiy tarkibi va maxsus texnikalari aholini evakuatsiya qiliş va tegişli xöjalik obektlarini jihozlaş uçun safarbar qilindi. Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiyaning Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududiy boşqarmalari evakuatsiyaga kömaklaşiş, tartibni saqlaş işlariga jalb etildi.

Prezident Sardoba suv ombori töğoni oçilgan joyga borib, uni közdan keçirdi. Hukumat komissiyasi va mutaxassislar bilan muhokama qilgan holda suv oqimini töxtatiş uçun zarur kuç va vositalar jalb qilindi.

Hozirda töğondan suv çiqişi töxtagan. Toşgan suv oqimi Oqoltin tumanidan ötuvçi Abay kanaliga tuşirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy köliga yönaltirilgan.