Bu haqda. «Aziya Plyus» naşri ma'lum qilgan.

Koronavirus yuqtirgan Saidja'far Usmonzoda hozir Duşanbe şahridagi kasalxonalardan birida davolanmoqda. Siyosatçiga dastlab ötkir respirator virus infeksiyasi taşxisi qöyilgandi, ammo keyinçalik olingan tahlillar u koronavirus yuqtirganini körsatadi.

Usmonzoda hukumatni ommadan va xalqaro hamjamiyatdan koronavirus bilan boğliq hozirgi vaziyat haqidagi haqiqatni yaşirmaslikka çaqiradi: «Birgina mening atrofimda bir neça qarindoşim koronavirus yuqtirgan bölsa, Tojikistonda jami kasallanganlar soni 32 nafar ekaniga qanday işoniş mumkin?», degan bu xususda Usmonzoda.

Demokratik partiya yetakçisi pandemiyaga qarşi kuraşiş uçun respublika ştab boşliğini özgartiriş kerak deb hisoblaydi. Uning fikriga köra, hozirgi oğir vaziyatda barçasini tezroq önglaş uçun Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qömitasi rahbarining «temir qöl»i kerak.

«Men mamlakat boş vaziri Kahhor Rasulzodaning örniga Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qömitasi boşliği Saymumin Yatimovni koronavirusga qarşi kuraş böyiça respublika ştab boşliği vazifasiga, Rustam Imomalini esa uning örinbosari etib tayinlaşni taklif qilaman. Işonçim komil, vaziyatni aynan ular yaxşi nazorat qila oladi», degan koronavirusdan davolanayotgan siyosatçi.

Usmonzodaning sözlariga köra, bugun mamlakatda nafaqat epidemiologik vaziyatni, balki  iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatni ham qat'iy nazoratga olib, oziq-ovqat va dori-darmon narxi oşib ketişiga yöl qöymaslik kerak. Siyosatçi Tojikistonda koronavirus asoratlarini yengib çiqiş uçun mamlakatdagi boylarning yordami kerakligini alohida ta'kidlagan.

2 may holatiga köra Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni rasman 32 nafarni taşkil etmoqda. Ulardan 17 nafari poytaxt Duşanbeda, 10 nafari Suğd viloyatida, 5 nafari markazga böysunuvçi tumanlarda aniqlangan.

Garçi Tojikiston soğliqni saqlaş vazirligi mamlakatda koronavirusga çalinganlar soni 32 nafar deb ma'lumot berayotgan bölsa-da, köpçilik tojikistonliklar xuddi Saidja'far Usmonzoda kabi bu raqamga işonmayotgani aytilmoqda. Oldinroq Jahon banki kerakli çoralar körilmasa, Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni keskin köpayib ketişi mumkinligini taxmin qilgandi.