Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan Sardoba suv omboridan suv sizib çiqişi natijasida ruy bergan ofat oqibatlarini bartaraf etiş işlariga kömaklaşiş maqsadida tezkor ravişda tibbiyot xodimlaridan iborat işçi guruh taşkil etildi. Vazirlik tomonidan aholiga tibbiy yordam beriş va uşbu hududda turli infeksiyalar tarqalmasligi uçun qat'iy ehtiyot çoralarini köriş hamda epidemik vaziyatni töliq nazoratga olişning aniq rejasi işlab çiqildi.

Viloyatda vazirlik rahbariyati boşçiligida reanimatolog, kardiolog, terapevt, nevropatolog, endokrinolog, travmatolog, infeksionist, epidemiolog kabi qator mutaxassislardan iborat ştab tuzildi. Mamlakatda faoliyat körsatuvçi ikki yuz nafardan ziyod malakali tibbiyot xodimlari talafot körganlarga tibbiy xizmat körsatiş uçun qöşimça kuç sifatida safarbar etildi.

Şu kunlarda ular suv toşqini oqibatida zarar körganlar va evakuatsiya qilingan aholi salomatligini tibbiy körikdan ötkaziş, uşbu hududda yuqumli kasalliklar tarqalişini oldini oliş maqsadida sanitar talablarga rioya qiliş, dezinfeksiya işlarini amalga oşiriş kabi vazifalarni bajarişmoqda. Bundan taşqari, vazirlik tomonidan Sirdaryo viloyatiga 50 turdagi eng zarur dori-darmonlar, portativ UTT, kardiomonitor, pulsoksimetr, pirometr kabi köplab turdagi tibbiy jihozlar, 700 ming dona şaxsiy himoya va gigiyena hamda dezinfeksiya vositalari ham yuborildi.

«Uşbu keltirilgan tibbiy jihozlar, dori-darmon va şaxsiy himoya vositalari tuman tibbiyot birlaşmasi, tez tibbiy yordam stansiyalari bilan bir qatorda ofatdan jabrlanganlar va evakuatsiya qilingan aholiga yetkazib berildi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.