Tokioda o‘zini izolyatsiyalashga rioya qilinishi ortidan kuzatuvchi “politsiya” paydo bo‘ldi
Tokioda faol fuqarolardan iborat bo‘lgan o‘zini izolyatsiyalashga rioya qilinishi ortidan kuzatuvchi “politsiya” paydo bo‘ldi. Bu faollar shahar bo‘ylab yurib, kafelar, o‘yin salonlari kabi ochiq ko‘ngilochar joylarni izlab, ularning yopilishini talab qilmoqda.
Bu haqda Tokyo Shimbun nashri xabar berdi.
Ular bunday joylar yopilishi talab qilingan e'lonlar joylashtirishmoqda. Bu e'lonlarning matni odatda bunday ko‘rinish olgan: “Iltimos, favqulodda vaziyat tugamaguncha ishlashdan tiyiling. Agar buni qilmasangiz, men politsiyaga xabar qilaman”.
Bu orada Tokio ma'muriyati izolyatsiya vaqtida barcha ko‘ngilochar muassasalardan ham yopilishni talab qilmagan. Ulardan ko‘pi sanitar-gigiyenik me'yorlarga rioya qilgan holda ishlashda davom etmoqda.
Ko‘pchilikda nima uchun “o‘zini izolyatsiyalash politsiyasi”ning o‘zi uyda qolmayotgani borasida savol tug‘ilmoqda. Hattoki “O‘zini izolyatsiyalash politsiyasi, o‘zingizni izolyatsiya qiling” degan chaqiriqlar ham paydo bo‘la boshlagan.
Bu orada Asahi nashrining xabar berishicha, butun Yaponiya bo‘ylab koronavirusga chalinganlarga salbiy munosabat ko‘paymoqda. Misol uchun, Okinava prefekturasidagi qishloqlardan birida mahalliy aholi qishloq rahbariyatidan koronavirusga chalingan o‘quvchi nomini oshkor qilishni talab qilgan. Nagoyada esa bolalar bog‘chasi onasi koronavirusga chalinganlar davolanayotgan shifoxonada hamshira bo‘lib ishlovchi bolani qabul qilishdan bosh tortgan. Kiotoda noma'lum kimsa talabalar bazm uyushtirgandan keyin koronavirusga chalinish holatlari qayd qilingan universitetlaridan birini yoqib yuborish bilan tahdid qilgan.
Ayni vaqtda Kunchiqar mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 15,5 mingdan ko‘proqni, vafot etganlar 530 nafarni tashkil qilmoqda. Oxirgi sutkada mamlakatda koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha antirekord qayd qilinib, 31 kishi vafot etgan. Avvalgi antirekord 23 aprelda qayd qilingan bo‘lib, o‘shanda virus qurbonlari 29 nafarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024