Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bir neça kun avval ijtimoiy tarmoqlar orqali san'atkorlarni xayriya tadbirlarida faol bölişga çaqirgan edi. Keça, 3 may kuni bir guruh faol san'atkorlar turli kiyim keçak, oziq-ovqat va boşqa turli mahsulotlarni xayriya qiliş orqali saxovat tadbirini boşlab berişdi.

Toşkentdagi «Turkiston» san'at saroyi yonida boşlangan xayriya tadbiriga bir neça soat ötib poytaxtning yana köplab aholisi qöşildi.

«Madaniyat sohasi vakillari iştirokida yiğilgan xayriya mahsulotlarini Sirdaryo viloyati aholisiga yordam sifatida olib borişni niyat qilgan edik. Bizni xursand qilgani esa xayriya boşlanganidan bir kun ötar-ötmas unga san'atkorlarning muxlislari, saxovatli insonlarimiz ham qöşilişdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bu tadbirni eşitgan kişilar imkon darajasida, nima topsa olib kelişyapti», – deydi «Özbekkonsert» davlat muassasasi rahbari Odilbek Abduqahhorov.

Xayriya tadbiri doirasida pul mablağlari uçun maxsus hisob raqam ham taşkil qilingan edi. Bu mablağlar qanday körinişda sarflanadi, mazmunidagi savolimizga muassasa rahbari quyidagiça javob berdi: «Bu masalani Madaniyat vaziri bilan maslahatlaşib oldik. Unga köra, mablağ yiğilişiga qarab talafotdan jabr körgan mahallalardan biriga madaniyat markazi qurib beriş niyatidamiz. Agar yiğiladigan mablağ kutganimizdan köra köproq bölsa, toşqindan uylari yiqilgan va uni tiklaş imkoniyati bölmagan aholi vakillariga uy-joylar ham qurib beriladi».

Taniqli söz ustasi, xayriya tadbiri faollaridan biri Şukrullo Isroilov oxirgi vaqtlarda Özbekistonda röy berayotgan ofatlarni butun xalq boşiga tuşgan sinov, deb atadi.

«Buxoroda kuzatilgan va katta talafot keltirgan kuçli şamol, may oyi boşida Sirdaryodagi falokatlar bu sinov. «Oyning ön beşi yoruğ, ön beşi qoronğu» degan maqol bor. Har bir kun yoruğ bölavermaydi. Ammo bizning xalqimiz qiyinçiliklar oldida sabrli, bardoşli va saxovatli xalqki, faxrlansak arziydi.