2020 yil 23 aprel kuni Toşkent viloyatining Angren şahri Boği Surh MFY Abay köçasidagi uyda yaşovçi F.N.ning yaşab turgan turar joyi hovlisida qazilgan çuqurdan qabr oçilgan.
Madaniyat vazirligi xabariga köra, 30 aprel kuni fuqaro F.N. bu haqda Angren şahar tarixi muzeyiga xabar bergan. Angren şahar tarixi muzeyi xodimlari tomonidan 1 may kuni Angren şahar Boği Surh MFY Abay köçasida yaşovçi fuqaroning murojaati asosida uning yaşab turgan turar joy hovlisidan qazilgan çuqurda qazişma işlari olib borilgan.

“Tadqiqot işlari xulosasiga köra, uşbu qabr “Qovunçi” madaniyatiga oid bölib, u miloddan avvalgi 3, milodning 3-4 asrlariga tegişli ekanligi qayd etildi.

Qabrdan şu davrda yaşagan odamlarning suyak qoldiqlari va 5 xil turli hajm va şakldagi sopol buyumlari qazib olindi”, - deyiladi xabarda.

















