49 yoşli Aşimbayev uşbu lavozimni bir yildan köproq egallagan, Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Dariğa Nazarboyeva örnini egalladi. 

Avvalroq, 4 may kuni Aşimbayev Qozoğiston prezidenti farmoni bilan senat deputati etib tayinlangan. 

2 may kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Dariğa Nazarboyevaning senat deputati sifatidagi vakolatlari tugatilişi haqidagi farmonni imzolagandi. Hanuzgaça buning sababi ma'lum qilinmayapti. 

4 may kuni Qozoğiston markaziy saylov komissiyasi Nazarboyevaning deputatlik vakolatlarini ham tugatgan.

2019 yilda Aşimbayev Töqayevning saylov ştabiga boşçilik qilgan. Töqayevning navbatdan taşqari prezident saylovlaridagi ğalabasidan keyin Aşimbayev prezident ma'muriyatiga işga ötgan va 2019 yil dekabrdan prezident ma'muriyati rahbari birinçi örinbosari bölib işlab kelgan. Bungaça u Qozoğiston Xavfsizlik kengaşida işlagan, bir neça marta deputat etib saylangan.

Ta'kidlaş joiz, Qozoğiston senati spikeri respublikada deyarli ikkinçi raqamli inson hisoblanadi. Mamlakat konstitutsiyasiga köra, prezident iste'foga ketsa yoki lavozimidan voz keçsa, yoxud vafot etsa prezident vakolatlari aynan senat raisiga ötadi. Aynan şunday holat 2019 yil martda Nursulton Nazarboyev iste'foga çiqişga qaror qilgandan keyin yuz berib, uning örnini öşanda senat raisi bölgan Töqayev egallagandi.