Kazinform naşri xabarida qayd etilişiça, Özbekistondagi Sardoba suv ombori töğoni buzilişi oqibatida Qozoğistonning Turkiston viloyati hududida qator qişloqlar suv ostida qolişi bilan boğliq vaziyat hukumatning alohida nazoratiga olingan.
«Özbekiston Respublikasi hududidagi Sardoba suv omborining buzilişi va Turkiston viloyatidagi bir qator aholi punktlarini suv bosişi hukumatimizning alohida nazorati ostida.
Ma'lumki, şu yil 2 may kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi va suhbat davomida tomonlar vaziyatni muhokama qilişdi hamda ikki mamlakat hukumatlari birgalikda işlaşiga kelişib oldilar.
Suv toşqini oqibatlarini birgalikda bartaraf etiş böyiça Hukumat va çegaraoldi hududlar rahbarlarining özaro yaqin hamkorligini hisobga olgan holda, Özbekiston tomoniga Qozoğiston Taşqi işlar vazirligining notasini yuboriş masalasi körib çiqilmaydi», degan u.
Ayni vaqtda Turkiston viloyati hokimi Umrzoq Şukeyev va Qozoğiston suv xöjaligi sohasining mutaxassislari Maxtaral tumanida yuz bergan suv toşqini masalasi böyiça muzokara ötkaziş uçun Özbekistonning Sirdaryo viloyatiga jönab ketdi.
Şuningdek, Qozoğiston boş vaziri örinbosari Roman Sklyar boşçiligidagi hukumat komissiyasi ham Özbekistonga kelişi kutilmoqda.
Bundan avvalroq Tengrinews.kz naşrida Qozoğiston Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri örinbosari Sergey Gromov Qozoğiston tomoni Özbekiston tomonidan transçegaraviy suvlarda qurilgan gidrotexnik inşootlar töğrisida töliq ma'lumot berişni sörab nota yöllaşi haqida aytgani xabar qilingandi.
- Eslatib ötamiz, 1 may kuni ertalab Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida töğon öpirilişi sodir böldi. Suv toşqini natijasida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aholi punktlari va ekinlarga zarar yetdi. Binolar, yöllar, kommunikatsiyalar vayron böldi. Uçta tumandagi 22 ta qişloqdan 60 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.
- Şu bilan birga, Özbekiston bilan çegarada joylaşgan Maktaaral tumanining 5 qişloğida 845 ta uy hamda 7639 gektar paxta maydonlari suv ostida qolgan. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, Qozoğiston tomoni zarar miqdorini qariyb 1 million dollarga baholagan.













