Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi Prezident Xalq qabulxonasining “Saxovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga yetib bordi
Prezident Xalq qabulxonalari xodimlari qator idoralar vakillari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlar aholisi muammolarini o‘rganib, zudlik bilan joyida hal etishmoqda.
Butun O‘zbekiston ahli kabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joylardagi Xalq qabulxonalari ham Sirdaryo viloyatida ro‘y bergan ofat oqibatlarini bartaraf etishga hissa qo‘shmoqda.
Ular zudlik bilan yetib borib, amaliy yordam ko‘rsatishni boshlab yubordilar. Jabr ko‘rgan insonlarga zaruriy mahsulotlar, boshpana bilan ta'minlash ishlari olib bormoqdalar.

Xususan, Toshkent shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan bir necha yuk avtomashinalarida jami 50 million so‘mdan ziyod kundalik ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan kartoshka, piyoz, karam, sabzi, un, go‘sht, yog‘, makaron, turli konserva va shirinliklar, shakar, tuxum, guruch, sut mahsulotlari va boshqa oziq-ovqatlar bilan birga issiq kiyim-kechaklar, ro‘zg‘or buyumlari, gigiyenik vositalar, badiiy kitoblar, o‘quv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan iborat “Saxovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga yetkazildi.

Shu bilan bir qatorda Prezident Xalq qabulxonalari xodimlari Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari kabi bir qator idoralar vakillari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlar aholisi muammolarini o‘rganib, zudlik bilan joyida hal etishmoqda.

Talab etilgan joylarda qurilish, ta'mirlash ishlarida ham faollik bilan ishtirok etmoqdalar. Yuzdan ziyod xonadonlarga kerakli bo‘lgan barcha qurilish anjomlarini, mahsulotlarini yetkazib, quruvchi mutaxassislar bilan, el bilan bunyodkorlik ishlarida yelkama-yelka mehnat qilmoqdalar.


Mavzuga oid
21:39 / 01.04.2026
Prezident Xalq qabulxonasiga yangi boshliq tayinlandi
11:05 / 16.06.2025
«Xalq qabulxonalari dispetcherga aylanib qoldi» - tizimdagi barcha xodimlar bugundan ishdan bo‘shatiladi
20:43 / 25.11.2022
Hududlarda Prezident administratsiyasi rahbarining yordamchilari ish boshlaydi
21:32 / 20.12.2021