GoFundMe platformasida «Sardoba» suv omboridagi avariya jabrlanuvçilariga kömak körsatiş maqsadida xayriya aksiyasi boşlandi.
Aksiya xorijdagi köplab vatandoşlarning taklif va istaklarini inobatga olgan holda, bloger va huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev hamda AQŞda istiqomat qilayotgan özbekistonlik Abror Qodirov tomonidan taşkil etildi.
https://www.gofundme.com/f/support-70k-people-whose-homes-were-taken-by-flood
Taşabbuskorlarning aytişiça, 3 may kuni e'lon qilingan aksiya böyiça 1 kun içida yiğilgan pullar miqdori 11 ming AQŞ dollaridan ötgan.
Hozirgaça 200ga yaqin inson öz hissasini qöşib, 14 ming dollarga yaqin mablağ yiğildi.
«Xorijdagi özbeklar, döstlar, şuningdek xalqaro plastik kartalari (Visa, Mastercard va h.k.) bor bölgan Özbekistondagi hamyurtlarimizdan imkoni yetsa, uşbu aksiyada iştirok etib, yordam qölini çözişlarini iltimos qilamiz.
Yoki heç bölmasa bu xabarni döstlaringiz bilan ulaşsangiz ham katta yordam bergan bölar edingiz. Barçaga oldindan minnatdorlik bildiramiz. Ehsonlarni Alloh dargohida qabul qilsin», – deydi Xuşnudbek Xudoyberdiyev.
Aksiyani ijtimoiy tarmoqlar orqali xorijdagi köplab vatandoşlar, şu jumladan xorijiy taşkilot vakillari ham qöllab-quvvatlaşmoqda. Jumladan, Xalqaro mehnat taşkilotining Özbekistondagi vakili Yonas Astrup ham bunga e'tibor qaratdi.
«Döstim Xuşnudbek «Sardoba» suv ombori falokatidan keyin evakuatsiya qilinganlarga yordam beriş uçun GoFundMe'da sahifa oçibdi. Iltimos, buni ulaşing va xayriya qiling», deya tvit qoldirdi Astrup.
Aksiyada nafaqat özbekistonliklar, balki boşqa çet elliklar ham yordam qölini çözişmoqda. Xususan, janubiy afrikalik bir foydalanuvçi şunday izoh qoldirgan:


















