Prezidentning ma'lum qilişiça, suv toşqini tufayli öz turar joylaridan evakuatsiya qilingan 90 mingga yaqin kişidan 53 mingdan ortiği öz uylariga qaytgan.
«Xabaringiz bor, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bölgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Ularning barçasiga birinçi darajali zarur şaroitlar yaratilib, oziq-ovqat, kiyim-keçak va boşqa mahsulotlar yetkazilmoqda.
Suv toşişi oqibatlarini bartaraf etiş va sabablarini örganiş böyiça Hukumat komissiyasi işlamoqda. Zarar yetgan uy-joylarni tiklaş va ta'mirlaş, odamlarni özining tiklangan uyiga qaytariş va rözğoriga yordam beriş, infratuzilmani tiklaş, aholi salomatligini himoya qiliş böyiça barça masalalar hal qilinmagunça Sirdaryoga biriktirilgan har bir rahbar kuçaytirilgan safarbarlik rejimida işlaydi.
Bu hududlardagi odamlarning hayotini nafaqat oldingi holatiga qaytariş, balki uni yanada yaxşilaş kerak. Ularga yangi uy-joylar, ijtimoiy obektlar barpo etib, yangi iş örinlari yaratib berişimiz şart, deb hisoblayman.
Bugungi kunda qator mahallalarda keng qamrovli tozalaş-tiklaş işlari amalga oşirilyapti, natijada 53 mingdan ziyod aholi öz uylariga qaytişi yoki yaqin qarindoşlari uyiga köçib ötişi ta'minlandi.
Takror aytaman, davlatimiz, jamiyatimiz heç kimni bunday kutilmagan falokatlar qarşisida yolğiz va e'tiborsiz qoldirmaydi», degan prezident.
Davlat rahbari uşbu hodisa tört kişining umriga zomin bölgani haqida ma'lumot bergan.
«Odamlarimiz hayotini saqlab qoliş va evakuatsiya qilişda Favqulodda vaziyatlar, Içki işlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya xizmatçilari muhim rol öynadi. Bugungi kunda ular avariya va tiklaş işlariga keng jalb etilgan.
Afsuski, hozirgaça 4 nafar fuqaromizning tabiiy ofat oqibatida halok bölgani, 1 nafari bedarak yöqolgani aniqlandi. Jumladan, aholini xabardor qiliş va qutqaruv işlarini olib boriş jarayonida Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimini kuçli suv oqimi olib ketgan. Ular öz jonini fido qilib, yuzlab, minglab insonlar hayotini saqlab qolişdi.
Halok bölganlarning yaqinlari va oila a'zolariga özimning çuqur hamdardligimni bildiraman.
Yigitlarimizning jasorati barça kasbdoşlari va yoşlar uçun Vatanga, xalqimizga sodiqlik va fidokorona xizmat qilişning namunasi bölib qoladi.


















