Tom Kruz filmda bosh rolni ijro etadi hamda film NASA bilan hamkorlikda suratga olinadi. Film voqealari fazoda yuz beradi. Uni suratga olish ishlarining bir qismi Xalqaro koinot stansiyasida bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda NASA direktori Jyeyms Braydenstayn ma'lum qilgan. Qolgan tafsilotlar hozircha noma'lum.
“NASA’da Tom Kruz bilan Xalqaro koinot stansiyasi bortida suratga olinadigan film ustida ishlashdan xursandlar”, deb yozgan NASA direktori tvitterda.















