Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda yuz bergan zilzila 1,5 ming yillik qadimiy istehkomga shikast yetkazdi
Eronda 5,1 magnitudali zilzila yuz berishi oqibatida mamlakat g‘arbida joylashgan 1,5 ming yillik qadimiy obidaga shikast yetdi.
Bu haqda Mehr axborot agentligi xabar berdi.
Eronlik seysmologlarning ma'lum qilishicha, zilzila Tehron va Mozandaron viloyatlari chegarasida 8 mayga o‘tar kechasi yuz bergan. Zilzila markazi poytaxt Tehrondan 58 km sharqda, o‘chog‘i 7 km yer ostida bo‘lgan. Zilzila oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani, 10 dan ko‘proq odam jarohat olgani ma'lum qilingan.
Tabiiy ofat talofatlarga hamda aloqa va elektr ta'minotida uzilishlarga olib kelgan. Zilziladan jabr ko‘rgan viloyatlarda ta'lim va sport inshootlari negizida evakuatsiya markazlari tashkillashtirilgan.

Hurramobod shahrida sosoniylar sulolasi hukmronligi vaqtida (224-651 yillar) qurilgan, 1,5 ming yildan ko‘proq tarixga ega Falaq ol-Aflaq (Jannat osmoni) qadimiy istehkomiga shikast yetgan. Voqea joyida olingan videolarda uning devorlarida yoriqlar paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin bo‘lgan. Tarixiy inshoot 2010 yilda restavratsiyadan chiqarilgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
10:48 / 17.07.2026
AQShning Eronga zarbalari oltinchi kecha ham davom etdi
10:15 / 17.07.2026
Ahmadinajod atrofidagi shov-shuv: Isroil uni og‘dirib olmoqchi bo‘lganmi?
12:03 / 16.07.2026