Joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida xalqaro pul ötkazmalari orqali respublikaga kelib tuşgan valuta mablağlari hajmi 1,3 mlrd.AQŞ dollarini taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 161 mln.AQŞ dollariga yoki 11 foizga kamaydi, deyiladi Markaziy bank şarhida.
Şuningdek, joriy yilning aprel oyi davomida xalqaro pul ötkazmalaridan jami 250 mln.AQŞ dollari kelib tuşib, uşbu körsatkiç mart oyiga nisbatan 15 foizga kamaydi. Bunda oyning oxirgi ön kunligida xalqaro pul ötkazmalarining örtaça kunlik hajmi oyning birinçi va ikkinçi dekadalariga nisbatan 1,7 barobarga oşişi kuzatildi (6,7 mln. AQŞ dollardan 11,5 mln. AQŞ dollariga).
Içki valuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 5,4 mlrd.AQŞ dollarini taşkil etib, 2018 va 2019 yillarning tegişli davrlariga nisbatan mos ravişda 1,8 va 1,3 barobarga ösdi.
2020 yilning dastlabki 4 oyi davomida yuridik şaxslarning çet el valutasiga bölgan talabi ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga ösib, 4,2 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etdi (2019 yil yanvar-aprel oylari - 3,9 mlrd. AQŞ doll.).
Mazkur davrda birjadan taşqari valuta bozorida xöjalik sub'yektlari tomonidan 1 063 mln. AQŞ dollari miqdorida çet el valutasi sotib olingan bölsa (2019 yil yanvar-aprel – 939 mln. AQŞ doll.), valuta birjasidagi operatsiyalar hajmi 3,1 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etdi (2019 yilning dastlabki 4 oyida – 2,8 mlrd. AQŞ doll.).
Valuta bozorida çet el valutasini sotib oliş maqsadlari tarkibida asosiy uluş (63 foizi) işlab çiqariş uçun asbob-uskunalar, tovarlar va xomaşyo importi, 22 foizi – xalq iste'moli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 12 foizi – xorijiy kreditlarni söndiriş, 1 foizi – xorijiy investorlar repatriatsiyasi va qolgan 2 foizi – boşqa maqsadlar uçun xarid qilingan.
2020 yilning yanvar-aprel oylarida içki valuta bozorida çet el valutasini xarid qilgan xöjalik yurituvçi sub'yektlarning örtaça oylik soni 6 183 tani taşkil etib, ötgan yilning mos davriga (5 460 ta) nisbatan 723 taga köpaydi.
Hisobot davrida jismoniy şaxslar tomonidan valuta ayirboşlaş şoxobçalari orqali sotilgan çet el valutasi miqdori 1,5 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobar oşdi (2019 yilning dastlabki tört oyi - 884 mln. AQŞ doll.). Mazkur davrda jismoniy şaxslar tomonidan 1166 mln. AQŞ dollari sotib olinib, uşbu körsatkiç ötgan yilning mos davriga (346 mln. AQŞ doll.) nisbatan 3,4 barobar oşdi.

















