Sayyohlarning barça toifalarini qamrab oliş va ular uçun munosib şaroitlar yaratiş maqsadida Özbekiston sotsial turizm assotsiatsiyasi taşkil etildi.
Turizm qömitasi xabariga köra, yangi assotsiatsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
imkoniyati çeklangan yurtdoşlarimiz va ehtiyojmand oilalar farzandlari uçun xayriya aksiyalarini ötkaziş;
imkoniyati çeklangan şaxslar sayohat qilişlari uçun şaroitlar yaratişga kömaklaşiş;
sotsial turizm sohasida davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boşqa qarorlar loyihalarini işlab çiqişda iştirok etiş hamda jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş;
inklyuziv turizmni rivojlantiriş doirasida bolalar, yoşlar, uçinçi yoş toifa vakillari, şuningdek nogironligi bölgan kişilar uçun turizm hamda ekskursiyalarni taşkil etişga kömaklaşiş.
Bildirilişiça, Özbekiston sotsial turizm assotsiatsiyasi mamlakatda inklyuziv turizmni rivojlantirişga hamda bu borada xorijiy turdoş uyuşmalar bilan hamkorlik aloqalarni örnatiş yölida xizmat qiladi.
Sotsial turizm assotsiatsiyasi kengaşi raisi etib Izzatilla Xöjayev tayinlandi. Uning sözlariga köra, Assotsiatsiya Özbekistonda turizm sohasini rivojlantirişga hissa qöşiş istagidagi jismoniy şaxslarni birlaştiriş va ularning sa'y-harakatlarini sotsial turizmni rivojlantirişga yönaltiriş, jumladan bolalar, yoşlar, keksalar, şuningdek nogironligi bölgan yurtdoşlarimizning sayohatlarini taşkil etişga kömaklaşadi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan hamkorlikda imkoniyati çeklanganlar uçun “Sayohat barça uçun!” xayriya sayohati taşkil etiladi hamda ularning diqqatga sazovor maskanlarda sayohat qiliş imkoniyatlarini baholaş işlari amalga oşiriladi.

















