Bu haqda Fauçining öziga tayanib CNN telekompaniyasi ma'lum qildi.

Ta'kidlanişiça, AQŞning boş infeksionisti vitse-prezident Maykl Pens matbuot xizmati xodimida koronavirus aniqlangandan keyin 14 kunlik karantinga amal qilişga qaror qilgan. Fauçining aytişiça, u Oq uy tomonidan taşkil etilgan idoralararo işçi guruhi doirasida uyidan turib işlaydi. 

Bundan taşqari, u özi boşqaradigan markazga taşrif buyura oladi va u yerda ham izolyatsiyada böladi. Şu bilan birga u doimiy ravişda niqob bilan yuradi. Fauçining fikriça, uning kasallanişi ehtimoli kiçik. Mutaxassis har kuni koronavirusga tekşiruvdan ötadi.

Avvalroq Oq uyning koronavirus böyiça işçi guruhining ikki a'zosi – Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi (CDC) rahbari Robert Redfild va AQŞ soğliqni saqlaş vazirligining oziq-ovqat mahsulotlari dori-darmonlar sifati masalalari böyiça boş boşqarmasi rahbari Stiven Xan karantinga ketgandi. 

7 may kuni AQŞ prezidenti Donald Trampning şaxsiy yordamçilaridan biri bölgan harbiyda koronavirus aniqlangani ma'lum bölgandi. Şundan keyin Tramp Oq uyning barça xodimlari har kuni koronavirusga test topşirişlarini ma'lum qilgan.  

Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Keyli Makenani ma'muriyat xodimlari orasida koronavirus tarqalişiga yöl qöymaslik uçun alohida çoralar körilganini ma'lum qilgan.