Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanalida bemorlar qayd etilişi va soğayişi böyiça körsatkiçlar jadvali keltirildi.

9 may kuni Özbekistonda koronavirusdan zararlaniş bilan boğliq jami 24ta holat qayd etildi va 22:00 holatiga köra zararlaniş holatlari soni 2349tani taşkil qilmoqda.

Ma'lum bölişiça, şu vaqtgaça virusdan xoli hudud hisoblangan Navoiy viloyatida 6ta yangi zararlaniş holati qayd etilgan.

Şuningdek, bugun Samarqandda yana 6 kişiga koronavirus taşxisi qöyilgan, Toşkentda bemorlar soni 12taga oşgan. Boşqa hududlarda yangi holatlar qayd etilmagan.

Bugun jami 71 kişi tuzaldi va şu vaqtgaça tuzalganlar soni 1846 nafarga yetdi. Ayni vaqtda şifoxonalarda 493 bemor qolmoqda.

Navoiyda ilk holatlar 31 mart kuni aniqlangandi. Ularning biri 25 aprel kuni tuzalgandi, 4 may kuni ikkinçi bemor ham soğayib çiqqan va Navoiy koronavirusdan xoli hududga aylangandi.