Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi» qonunni ma'qulladi
Senat a'zolari “Davlat boji to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qildi.
Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasi bekor qilinmoqda.
Notarial amaliyotda, xususan, bitimlarni tasdiqlaganlik va meros ishlarini rasmiylashtirganlik uchun davlat bojini undirishning o‘ziga xos xususiyatlariga aniqlashtiruvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun esa undiriladigan ayrim davlat boji to‘lovlaring miqdorlari optimallashtirilmoqda.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat boji undirilishi bo‘yicha Qonunga tegishli qo‘shimcha kiritilmoqda.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga advokatlik tuzilmalari, ularning ta'sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, yuridik maslahatxonalarning nizomlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik hamda yuridik maslahatxonalarni hisobga olganlik uchun undiriladigan davlat boji stavkalari bo‘yicha qo‘shimcha kiritilmoqda.
Qonunning qabul qabul qilinishi davlat boji stavkalari optimallashtirilishi va davlat bojini undirishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtirilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, advokatlik faoliyati va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya berganlik, advokatlik tuzilmalarini, ularning ta'sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni, yuridik maslahatxonalarning nizomlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, yuridik maslahatxonalarni hisobga olganlik uchun undiriladigan davlat boji stavkalari belgilab beriladi.
Senatorlar Qonunni ma'qulladi.
Mavzuga oid
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026