“Xalqaro mehnat taşkilotining mehnat qiluvçilarga işlab çiqarişdagi baxsiz hodisalarda zararni qoplaş töğrisidagi 17-son Konvensiyasini (Jyeneva, 1927 yil 1 aprel) ratifikatsiya qiliş haqida”gi qonun loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
XMTning 17-son konvensiyasining maqsadi işlab çiqarişdagi baxsiz hodisalar natijasida tan jarohati olgan işçilarga yoki ularning qaramoğida bölganlarga tovon puli tölanişini ta'minlaşdan iborat.
XMTning “Mehnat qiluvçilarga işlab çiqarişdagi baxsiz hodisalarda zararni qoplaş töğrisida”gi 17-son konvensiyasi XMTning ustuvor konvensiyalaridan biridir.
XMTning 17-son konvensiyasiga binoan milliy qonunçilik işlab çiqariş bilan boğliq holda sodir bölgan baxsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga zarar qoplanişini közda tutişi kerak.
Hozirgi vaqtda XMTning 17-son konvensiyasi 74 ta davlat, jumladan MDHning Armaniston va Qirğiziston mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Bildirilişiça, Özbekiston qonun hujjatlarida XMTning 17-son konvensiyasiga zid bölgan yoki mos kelmaydigan qoidalar mavjud emas. Jumladan:
Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 189-moddasiga muvofiq xodimning soğliğiga mehnatda mayib bölişi, kasb kasalligiga çalinişi yoki u öz mehnat vazifalarini bajariş bilan boğliq holda soğliğining boşqaça tarzda şikastlanişi sababli yetkazilgan zararni iş beruvçi töliq hajmda tölaşi şart ekanligi;
Özbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qiliş töğrisida”gi Qonuni 33-moddasiga muvofiq iş beruvçi xodimning öz mehnat vazifalarini bajarişi bilan boğliq holda mayib bölişi, kasb kasalligiga çalinişi yoki soğliğining boşqaça tarzda şikastlanişi tufayli uning hayoti va soğliğiga özi yetkazgan zararning örnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda töliq hajmda qoplaşi;
baxsiz hodisalarda işçilarga zararni tölaş Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajariş bilan boğliq holda jarohatlanişi, kasb kasalliklariga çalinişi yoki salomatlikning boşqa xil şikastlanişi tufayli yetkazilgan zararni tölaş qoidalari”ga asosan amalga oşirilişi belgilangan.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi tomonidan XMTning “Mehnat qiluvçilarga işlab çiqarişdagi baxsiz hodisalarda zararni qoplaş töğrisida”gi 17-son konvensiyasi ratifikatsiya qilinişi milliy qonunçilikni yanada takomillaştiriş, işlab çiqarişda baxsiz hodisalar yuz berganda işçilarni himoya qiliş sohasidagi xalqaro standartlarni samarali joriy etiş uçun xizmat qiladi.

















