Bu haqda 11 may kuni parlament quyi palatasida ötkazilgan Oliy Majlis palatalari huzurida Yoşlar parlamentini taşkil etiş yuzasidan işçi guruh yiğilişida söz bordi.

Işçi guruh yiğilişida deputatlar, Yoşlar masalalari böyiça komissiya a'zolari, Oliy Majlis huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti xodimlari, Özbekiston yoşlar ittifoqi vakillari qatnaşişdi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining birinçi örinbosari Akmal Saidov Yoşlar parlamentining asosiy yönalişlari hamda vazifalari nimalarda namoyon bölişi xususida töxtalib, yoşlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilişga oid qonun hujjatlarini takomillaştiriş, qonun ijodkorligi va huquqni qöllaş amaliyotining dolzarb muammolarini yoşlar iştirokida muhokama qiliş lozimligini ta'kidladi.

Yiğilişda yoşlarning parlament faoliyati va qonun ijodkorligining barça bosqiçlaridan xabardorligini oşiriş, uşbu jarayonda keçadigan yangi va ustuvor yönalişlarni belgilaşda yoşlarning faolligini, ularning siyosiy bilimlarini oşiriş va vatanparvarlik ruhini kuçaytiriş Yoşlar parlamentini taşkil etişdan közlangan maqsad ekani aytib ötildi.

Yiğilişda taqdim etilgan taqdimotga köra, Yoşlar parlamentining a'zolari xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşlari tomonidan har bir şahar va tumanlardan bir nafardan ikki yil muddatga saylanişi, öz logotipi, a'zolarining kökrak nişonlari hamda belgilangan şakldagi guvohnomalariga ega bölişi ma'lum qilindi.  

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 2019 yilning noyabrida 2020 yilda Özbekistonda yoşlar parlamenti tuzilişi mumkinligini ma'lum qilgan edi.

“Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturida 2020 yil 1 iyunga qadar Oliy Majlis palatalari kengaşlarining qöşma qarori loyihasi işlab çiqilişi va unda Yoşlar parlamentini taşkil etiş va uning tarkibini şakllantiriş tartibini belgilanişi aytilgandi.