Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinani ma'lum qildi. 

“Vitse-prezident bir neça kun Trampga yaqinlaşmay turişga qaror qildi. Buning uning şaxsiy qarori”, deb aytgan Makinani.

9 may kuni Tramp Pensning matbuot kotibi Keti Miller koronavirusga çalinganini ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlaşiça, Millerning 7 mayda topşirgan testi manfiy, biroq 8 maydagisi musbat çiqqan.

AQŞ prezidentining aytişiça, u Miller bilan bevosita aloqada bölmagan, biroq Miller Pens bilan, vitse-prezident esa öz navbatida prezident bilan muloqot qilgan.

Keyinroq Pensning rasmiy vakili Devin ÖMelli vitse-prezident matbuot kotibida koronavirus aniqlangandan keyin karantinga ketmaganini ma'lum qilgan.

“Vitse-prezident Oq uy tibbiy xizmati tavsiyalariga amal qilmoqda va karantinga ketmagan”, deb aytgan ÖMelli va Pens Oq uydagi tadbirlarda şaxsan iştirok etmoqçiligini qöşimça qilgan.