AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Go‘zallik salonlari ishga tushdi. Ular uchun qanday ehtiyot choralarini qo‘llash belgilangan?

Internetda SES xodimlari salonlarga borib, sanitariya qoidalariga rioya qilinmayotgani uchun jarima solayotgani haqida o‘qiyapman. Qanday sanitariya qoidalari haqida so‘z ketyapti?

Masterda nechtadan bir martalik kiyim bo‘lishi lozim?

Har bir mijoz qabulidan so‘ng bir martalik kiyimni almashtirish majburiymi?

Qanday jarimalar belgilangan?

Tasdiqlangan "Sanitariya qoida va me'yorlari" talablarida hammasi batafsil keltirilgan.

Asosiysi, navbat to‘plamaslik kerak. Mijozlar belgilangan vaqtda qabulga yozilib, kelishlari lozim.

Asosiy tamoyil "Bitta master — bitta mijoz". Masterning xalat yoki tibbiyot formasida bo‘lishi yetarli.

Niqob, ko‘zoynak va qo‘lqop — majburiy.

Har bir mijoz qabulidan so‘ng ish o‘rnini dezinfeksiyalash zarur. Har 2-3 soatda niqob almashtiriladi. Sochiqlar bir martalik yoki mijoz o‘zi bilan olib kelgan bo‘lishi lozim.

Uskunalar dezinfeksiyalanadi.

Binoni o‘z vaqtida shamollatish kerak.

Ushbu qoidalarga rioya qilmaslik belgilangan tartibda jarimaga tortilishga sabab bo‘ladi.

Qachon boshqa profillar bo‘yicha tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi — ginekolog, endokrinolog, stomatolog, kardiolog? Yil davomida bitta odamda davolanib yurgan bemorlar bor, tibbiy muassasalarning barchasiga ruxsat berish vaqti kelmadimi?

Savolda qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘ycha ixtisoslashgan markazlar va ilmiy tekshirish institutlari, klinikalar o‘z ishini davom ettirib kelmoqda.

Jumladan, akusherlik va ginekologiya markazi, perinatal markazlar, tug‘ruq komplekslar, onkologiya, kardiologiya, endokrinologiya, travmatologiya va ortopediya markazlari, ko‘z kasalliklari va boshqa klinikalar, stomatologiya yordam ko‘rsatish muassasalari ham ishlab turibdi.